“O‘zim rak bo‘lgandim, bolam esa oqqonga chalinganini bilmay qoldim” - onaning nadomatli nolalari

Jamiyat 14:16 / 24.11.2021 6494

Insonlarga berilgan umrning har lahzasi o‘ziga xos mazmunga ega. Shu mazmunning katta qismi farzandlar bilan bog‘liq. Ularning borligi sabab hayot yorqin ranglarga to‘lishi yoxud xastalanishi tufayli zulmatga aylanishi bor gap.

Qizimni menga ichi achiydi – mening esa unga

Niginaning oqqonga chalinishi butun oilaning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Ota uni davolatish uchun xorijda ishlashga ketgan, onasi esa doim bemor qizi bilan birga.

“Kimyoterapiyalardan keyin ahvoli og‘irlashadi. Maktabga borishni xohlaydi, lekin ortiqcha harakatlanish mumkin emasligi uchun bora olmaydi.

Ayni dastyor bo‘lib qo‘limdan ishimni oladigan payti edi. Yana menga yordamlashgisi keladi. Menga ichi achiydi hamma yumushni o‘zim qilayotganim uchun. Kenjatoy qizim shunaqa kasalga chalinishi yetti uxlab tushimga kirmagandi, bunaqa dard borliginiyam bilmasdim”, deydi onasi Nigora Ismoilova.

Nigina Jabborovaga oid ma'lumotlar:

Humo: 9860 0303 1660 4237 onasi Nigora Ismoilova nomida

Sberbank: 4276 5500 7879 8918 onasi Nigora Ismoilova nomida

Bolam yonimda ekanligiga shukr qilaman

Bolalik chog‘lari kasalxonada o‘tayotgan, tengdoshlari qatori o‘ynab-kulish o‘rniga og‘riqlar azobini his qilayotgan 10 yashar Egamberdi tezroq tuzalishni istaydi. Onasining aytishicha, u juda sho‘x va shuning uchun ko‘p harakat qilishni xohlaydi. Ona farzandi omon ekanidan taskin topadi.

“Ko‘p marta qon yo‘qotishlar sabab jonlantirish bo‘limlarida davolandik. Bunaqa kunlarni men ko‘rdim, boshqa hech kim ko‘rmasin deyman. Bir oyog‘imiz uyda, bir oyog‘imiz kasalxonada bo‘lib qoldi. Xo‘jayinim oddiy ishchi, topganini bolamizni davolatishga ishlatamiz, lekin yetmaydi.

Kasal bo‘lsa ham omon bo‘lsa bas. Bolam yonimda ekanligiga shukr qilaman”, – deydi ona.

Egamberdi Tatibekovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0610 7206 1426 onasi Gulzina Juzbayeva nomida

Uzcard: 8600 0609 9844 4856 qarindoshi Xo‘jaboyeva Nuripa nomida

Bolam yorug‘ dunyoga kelib hali nima ko‘rdi?

Serharakat, qiziquvchan Azizbekni ko‘rganlar uning dardmandligiga ishonishi qiyin. Bolakay ota-onasidan ham ko‘proq buvisining mehridan bahra olib o‘syapti. Buvisi Munavvar aya nevarasining dardini bilgan kuni qay holga tushganini eslaydi: “Nevaramda shu kasallik borligini bildiruvchi tahlillarni ko‘rganimdayoq ado bo‘lganman. Bolam yorug‘ dunyoga kelib hali nimani ko‘rdi? U yashashi kerak!

Nevara juda shirin bo‘lar ekan. Bosh nevaram bo‘lgani uchunmi buni boshqacha ko‘rardim”.

Azizbek Abdumannonovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0423 4275 2093 qarindoshi Shukur Soliyev nomida

Humo: 9860 0803 8574 0149 onasi Gulmira Mamatg‘aniyeva nomida

“Ayajon, sizlarni qiynab qo‘ydim...” 

18 yosh inson hayotining esdan chiqmaydigan davri hisoblanadi. Ammo Xurshidning hayotida bu palla xastalikning zulmatiga burkandi. Tahlillarda bo‘y yetgan o‘g‘lining mudhish dardga chalingani ayon bo‘lgan ota-ona uchun ham og‘ir bo‘lyapti.

“Biz uchun kutilmaganda katta zarba bo‘ldi. O‘g‘lim shu yoshga qadar umuman kasal bo‘lmagan bola edi. O‘ziyam bundan qattiq siqiladi, dardini ichiga yutadi. Bizni qiynab qo‘yganidan xijolat bo‘ladi.

Bolamga tikan kirishini xohlamayman, qaniydi shu dard menda bo‘lsa”, deb yig‘laydi onasi.

Xurshid Mamatkarimovga oid ma'lumotlar:

Humo: 9860 0330 7854 3254 onasi Gulnora Toshmatova nomida

Humo: 9860 0303 5150 7782 otasi Kamoliddin Toshmatov nomida

“O‘zim tuzalganimda bolam kasalga chalindi”

Shahrisabzlik Hilola Jumayevada ko‘krak saratoni aniqlangan va xorijda operatsiya qilinib, hozir salomatligi yaxshilangan. Ammo ularni shifoxonada qolishga majbur qilayotgan yana bir sabab – o‘g‘li Asadbekning oqqonga duchor bo‘lgani.

“O‘zimni sira kechira olmayman. Chunki men kasal bo‘lib, hamma yumushlar bolamga qoldi, hamma og‘irlik unga unga tushdi. Bozor-o‘char ham, ro‘zg‘orga qarashish ham zimmasida bo‘ldi. Shu bolamga shuncha qiyinchilik, hamma yuklarni tashlab endi bu kasallikni orttirib oldi”, – deya o‘zini ayblaydi Hilola.

Asadbek Zoyitovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0451 9126 2189 onasi Hilola Jumayeva nomida

Ko‘proq yangiliklar: