“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ sohada ilmiy innovatsiyalarni keng joriy etish ishlarini takomillashtiradi

Jamiyat 18:00 / 24.11.2021 5851

Mazkur memorandum doirasida Toshkent davlat texnika universitetida 2022-2026 yillar davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalari uchun zamonaviy bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash hamda kadrlar malakasini oshirish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy-innovatsion yechimlar asosida rivojlantirish ishlari olib boriladi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Ayni damda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan TDTU bilan hamkorlikda quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

- “Elektr ta'minoti” kafedrasi olimlari bilan “Toshkent IES” AJda “Tsirkulyatsiya nasosi yuritmasi elektr dvigatelini takomillashtirish orqali elektr energiyasini iqtisod qilish” loyihasi va “Issiqlik energetikasi va AES” kafedrasi olimlari bilan “Energobloklardagi regenerativ havo qizdirgich qurilmalarining energetik samaradorligini oshirish” hamda “Rekuperativ issiqlik almashinish qurilmalarining samaradorligini lokal turbulizator yordamida jadallashtirish” loyihalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

- “Navoiy IES” AJda “Energobloklarining qozon agregatlari mexanizmlari va katta quvvatli nasos agregatlari yuritmalaridagi dvigatellarni bir fazali yerga qisqa tutashish tokidan himoya qilish va shikastlanishlarning oldini olish texnologiyalari” loyihasi ustida ishlanmoqda;

- “Sirdaryo IES” AJda “Nasos agregatlari yuritmalariga chastota o‘zgartirgich qurilmasini o‘rnatish” loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish natijasida elektr energiyasining o‘z extiyojlariga sarfini sezilarli kamaytirishga erishildi.

- “To‘raqo‘rg‘on IES” UKda “Bug‘-gaz qurilmalarida havoni tozalash va sovitish hisobiga samaradorlikni oshirish” loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Joriy yilning 22-27 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “InnoWeek.Uz-2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ elektr stansiyalarni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, energosamarador texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mahalliy ilmiy hamjamiyatlar bilan izlanishlar olib borish borasida loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: