2022 yilda davlat budjetidan 3,3 trln so‘mlik subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekiston 13:09 / 24.11.2021 4182

2022 yil davlat budjetida ko‘zda tutilgan subsidiyalarning umumiy miqdori 3,3 trln so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Davletovuz kanalida ma'lumot berilmoqda:

1. Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga subsidiyalar — 1,5 trln so‘m;

2. Davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta'lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalarga subsidiyalar — 178,6 mlrd so‘m;

3. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tagan vaqtida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiyalar — 14,6 mlrd so‘m;

4. Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun subsidiyalar — 16,7 mlrd so‘m;

5. Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 30 mlrd so‘m;

6. Geologiya-qidiruv ishlariga subsidiyalar — 1 trln so‘m;

7. Tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyalarini qurish uchun subsidiyalar — 20,7 mlrd so‘m;

8. Qorako‘lchilik klasterlariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyalarini qurish uchun subsidiyalar — 20 mlrd so‘m;

9. Nasldor qo‘y va echkining, shu jumladan qorako‘l zotli qo‘ylarning xorijiy davlatlardan import qilingan embrioniga subsidiyalar — 2 mlrd so‘m;

10. Jismoniy shaxslar tomonidan xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar — 120,2 mlrd so‘m;

11. Fermer xo‘jaliklari balansidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar — 244,6 mlrd so‘m;

12. Aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 50 mlrd;

13. Lazerli tekislash uskunalari va don urug‘ seyalkalari xarid qilish uchun subsidiya — 50 mlrd so‘m;

14. Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiya — 12 mlrd so‘m;

15. Yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun subsidiyalar — 50 mlrd so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: