Biroq, respublikaning iqtisodiy o‘sishi qator, xususan neft va gaz sohasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ma'lumki, Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston aholisi 35 millionlik dovondan oshdi. Aholi soni o‘sishiga mos ravishda biznes ham rivojlanmoqda, yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda. Bularning barchasi turli tovarlar, jumladan strategik spektr tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj ortishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tahlillariga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom-ashyo birjasidagi bitimlar hajmi 61,8 foizga oshgan. Mineral o‘g‘itlar, paxta tolasi, dizel, sement, benzin, katod misi, qora metallar va boshqa tovarlarni sotish hajmi ortgan. Talabning ortishi nafaqat aholi soni oshishi, balki turli biznes turlarining global miqyosda rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish korxonalari ochilishi va boshqa qator omillarga bog‘liq.
Argus nashri ma'lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida O‘zbekiston joriy yilning sentabr oyiga qaraganda Qozog‘istondan neft import qilish hajmini oshirgan. Bozor ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, bu Farg‘ona va Buxorodagi ishlab chiqarish quvvatlarini ta'minlash uchun xom-ashyo taqchilligi bilan bog‘liq. O‘tgan oyda Qozog‘istondan «qora oltin» importi 16 ming tonnani tashkil etdi, sentabr oyida esa bu ko‘rsatkich 12 ming tonnani tashkil qilgan edi.
Ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston nefti unchalik ko‘p miqdorda import qilinmagan, chunki qayta ishlash uchun Turkmaniston kondensati, Rossiyadan esa oltingugurtli gazoyli ham kirib keladi.
Neft mahsulotlari importi ishlab chiqarish qimmatlashishiga bevosita ta'sir ko‘rsatatadi. O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom-ashyo birjasi saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning boshidan buyon AI-80 markali benzin uchun haftalik kotirovka 63,2 foizga, ya'ni bir tonna uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mga oshgan. Mazkur markali benzinning salmoqli qismi yoki 84 foizi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yil boshidan 12 noyabrgacha bo‘lgan davrda mazkur markali benzinning boshlang‘ich narxi o‘rta hisobda 70 foizga oshib, bir tonna uchun 10 005 ming so‘mni tashkil qildi.
O‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijasida boshlang‘ich va birja narxi o‘rtasidagi farq o‘rta hisobda 1 foizdan oshmadi. Boshqacha qilib aytganda, birja savdolari davomida benzin deyarli o‘z boshlang‘ich bahosida sotilgan.
«Shu bilan birga, dunyo birjalarida ham narx-navo oshishi kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilda Brent markali neftning dunyo bo‘yicha narxi o‘rtacha 60-70 foizga oshdi», deyiladi O‘zRTXB saytida.
Energiya resurslariga bo‘lgan talabni qondirish, shuningdek import hajmini qisqartirish uchun energiya tashuvchilarni qazib olish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi aksariyat korxonalarni tubdan isloh va modernizatsiya qilish zarur.
Hukumat qaroriga muvofiq, «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK (ilgari – «Jizzakh Petroleum» MChJ QX) taqdim etilgan 105 ta kon negizida O‘zbekiston Respublikasida neft qazib olishni oshirish dasturi operatori etib tayinlangan bo‘lib, shu konlardan 63 tasi ishlash, 42 tasi esa konservatsiya jarayonida. Mazkur konlardan qazib olinayotgan neft to‘liq hajmda Farg‘ona NQIZda qayta ishlanishi ko‘zda tutilgan.
Taqdim etilgan neft konlari qazib olish qiyin bo‘lgan konlar hisoblanib, ularning aksariyati qazib olishning so‘nggi bosqichida. Infratuzilmaning ko‘plab obektlari neft va gaz qazib olishni ta'minlash uchun salmoqli darajada eskirgan (90-100%) va keng miqyosdagi rekonstruksiya va qurilish ishlariga muhtoj.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 67-sonli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi quvvatlaridan samarali foydalanish va zavodni modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK «Farg‘ona NQIZ» MChJning ishonchli boshqaruviga o‘tkazilgan .
Farg‘ona NQIZ (FNQIZ) 1959 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning so‘nggi modernizatsiyasi 1997 yilda amalga oshirilgan. Shu davrda zamonaviy hisoblangan dizel yoqilg‘isini gidrodesulfurizatsiyasi qurilmasi ishga tushirilgan. Biroq, qariyb chorak asr vaqt o‘tib, uskun ma'nan eskirib, korxona modernizatsiya qilishga kuchli ehtiyoj sezardi.
FNQIZni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida «Sanoat Energetika Guruhi» mutaxassislari tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) ishlab chiqildi.
KPMG konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkailgan texnik audit natijalariga ko‘ra, 39 ta texnologik qurilmadan 16 tasi ma'nan va jismonan eskirgan deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlashga tavsiya etildi.
Mazkur shart-sharoitlarga qaramay, «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK tomonidan FNQIZ bilan hamkorlikda xalq iste'moli tovarlari, jumladan avtobenzinni barqaror ishlab chiqarish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ishonchli boshqaruvga o‘tkazishdan avval Farg‘ona NQIZda «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan yetkazib berilayotgan neft va gaz kondensati qayta ishlangan. FNQIZ ishonchli boshqaruvga o‘tkazilgach, 2020 yil aprel oyidan gaz kondensat Buxoro NQIZga yetkazib berila boshlandi. Bu o‘tgan yili Farg‘ona NQIZda avtobenzin ishlab chiqarish hajmi sezilarli qisqarishiga va bir vaqtning o‘zida Buxoro NQIZda mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar joriy yilda qazib olinayotgan neft bilan bir qatorda mahalliy va import qilinayotgan gaz kondensat yetkazib berish manzilini FNQIZga yo‘naltirishni ta'minlash imkonini berdi.
FNQIZ uchun TIA doirasida to‘rtta yangi (vakuumli distillyatlar va deasfaltizat gidrokrekingi qurilmasi, Yengil nafta izomerizatsiyasi, vodorod ishlab chiqarish, Qisqa siklli adsorbsiya (QsA)) texnologik uskunalar qurish va o‘nta mavjudini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
Loyihaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
- yiliga 2 mln tonna uglevodorod xom-ashyosini qayta ishlash;
- AI-92 va undan yuqori markali avtomobil benzinlari, shuningdek Yevro 5 standarti talablariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish;
- xalqaro talablar va sifat standartlariga javob beruvchi API bo‘yicha II+/III guruhiga kiruvchi tayanch va tovar moylari ishlab chiqarish;
- gidrokreking uskunasidan kenosin komponentini jalb qilgan holda va mintaqadagi neft va gaz kondensatlarining istalgan turini jalb qilish mumkin bo‘lgan TS-1 va Djyet A-1 aviatsiya yoqilg‘ilari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- xom-ashyoni qayta ishlash chuqurligini oshirish – kamida 92 %.
Joriy yilda FNQIZ GDS dizel yoqilg‘isini gidrotozalash uskunasidagi eski katalizatorni zamonaviysiga almashtirish hisobiga Yevro 4,5 sinfiga kiruvchi tovar dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.
Joriy yilning 17 noyabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona NQIZda 199 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan 175 ming tonnasi birja savdolariga qo‘yilgan. Avtobenzinni birja savdolariga qo‘yishning qizg‘in pallasi 34 ming tonna ko‘rsatkich bilan joriy yilning fevral oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Avtobenzinning birja savdolari orqali sotilmagan hajmi «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XQ tomonidan forvard shartnomalar bo‘yicha mahalliy iste'molchilarga sotilgan.
Bugungi kunda «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK va Farg‘ona NQIZ tomonidan har kuni ishlab chiqarilayotgan benzinning hammasi to‘liq hajmda – kamida 670 tonna birja savdolariga qo‘yilmoqda.
Farg‘ona NQIZ modernizatsiyasi davom ettirilmoqda va 2027 yilgacha mo‘ljallangan rekonstruksiya natijasida zavod neftni qayta ishlash kompleksiga aylantiriladi. Innovatsion texnologik uskunalar qurilishi neft mahsulotlarining yangi turlari va polimerlar (olefinlar) ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi aholisi va biznes qakillarining sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash imkonini beradi.
«Sanoat Energetika Guruhi» matbuot xizmati Ⓣ