Qashqadaryoda mast erkak xotinini urib o‘ldirdi

Jamiyat 21:38 / 22.11.2021 3126

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 21 oktabr kuni Yakkabog‘ tumani, Uyg‘ur mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashgan. So‘ng xotinini bir necha bor urib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi G.X. og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 22 oktabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: