O‘zbekiston Afg‘onistonga 26 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib berdi

O‘zbekiston 09:25 / 22.11.2021 5664

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 747,4 mln dollarga teng bo‘lgan 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

O‘zbekiston 2021 yilning 10 oyida eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston (538 ming tonna) va Rossiya (341 ming tonna) yetakchilik qilmoqda.

Meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan boshqa davlat quyidagilardan iborat:

  • Qirg‘iziston – 112 ming tonna;
  • Xitoy – 65 ming tonna;
  • Ukraina – 28 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 26 ming tonna;
  • Turkmaniston – 24 ming tonna;
  • Pokiston – 23 ming tonna;
  • Belarus – 13 ming tonna;
  • Turkiya – 11 ming tonna;
  • Eron – 7,5 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 7 ming tonna;
  • Germaniya – 3,6 ming tonna;
  • BAA – 3,6 ming tonna.
Ko‘proq yangiliklar: