Shunday holatlardan biri “Harakatlanish to‘g‘riga va o‘ngga” belgisi bilan bog‘liq.
Bu belgi birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi. Ko‘rib chiqilayotgan holatda, bitta chorraha, ikkita qatnov qismlarining kesishmasi bor. Bunday holatda haydovchi to‘satdan qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketmasligi yoxud qayrilib olmasligi uchun 4.1.4 belgisi o‘rnatiladi.
Demak, burilayotgan yoki kesib o‘tilayotgan yo‘lda kamida 2ta qatnov qismi bo‘lsa, bu belgi birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi.
Bundan tashqari, “Chapga burilish taqiqlangan” yo‘l belgisi ham shunday chorrahada birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi, ikkinchisiga emas. Qolaversa, u qayrilib olishni taqiqlamaydi.