«Toshkent yoshlarni chindan sevadi»: Poytaxtda yoshlar oyligi qizg‘in davom etmoqda – Abdulaziz Nazirov

O‘zbekiston 15:30 / 21.11.2021 3550

15 noyabrdan «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostidagi yoshlar oyligiga start berildi. 15 dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur oylikda eng faol qatnashgan 10 nafar yosh Toshkent shahar hokimligi tomonidan 100 foizlik grant asosida Fransiyaning eng katta oliygohlaridan biri – Le Cordon Bleu universitetiga o‘qishga yuboriladi.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirovning ma'lum qilishicha, 15 noyabr kuni «Hilton Tashkent city» mehmonxonasida «Zakovat» intellektual o‘yini, 16 noyabr kuni «Hilton Tashkent city» mehmonxonasida «Chto, gde, kogda» intellektual o‘yini, 18 noyabr kuni poytaxtning «Yoshlar ijod saroyi»da «Munozara» debat bellashuvlari, 20 noyabr kuni esa «Hilton Tashkent city» mehmonxonasida «CUDS debat chempionati» bo‘lib o‘tgan.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

«Intellektual o‘yinlar» haftaligi doirasidagi tadbirlarga jami 6790 nafar yoshlar ishtirok etishgan. Shundan 5148 nafar yoshlar tomoshabin sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 1642 nafar yoshlar esa bevosita ishtirokchi sifatida tadbirlarda qatnashishgan.

Shuningdek, bugun, 20 noyabr kuni juda qizg‘in va unutilmas onlarga boy bo‘lgan «Intellektual o‘yinlar» haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarning 72 nafar g‘olib yoshlari Toshkent shahridagi «Magic city» majumasida tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Bundan tashqari, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning 38 nafariga kontrakt to‘lovlarini to‘lash yuzasidan sertifikatlar topshirildi. Hafta doirasidagi bellashuvlar va tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov qimmatbaho sovg‘lar bilan mukofotlashdi.

Bundan tashqari, yoshlarning kayfiyatini ko‘tarish, ularga o‘zgacha adrenalin ulashish, haqiqiy yoshlarga xos bo‘lgan unutilmas va takrorlanmas lahzalarni taqdim etish maqsadida estradamizning yorqin yulduzlari, taniqlilar ishtirokida hafta yakuniga bag‘ishlangan katta mega shou bo‘lib o‘tdi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

«Toshkent chindan yoshlarni sevadi, bularning barchasi yoshlar uchun o‘tkazilmoqda va barcha tadbirlar, bellashuvlar, konsertlarda ishtirok etish yoshlarimiz uchun mutlaqo bepul tarzda tashkil etiladi», deb yozmoqda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov.

Abdulaziz Nazirovning ta'kidlashicha, «Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar ko‘lami juda keng va yoshlar oyligi qizg‘in davom etadi. Bugun bo‘lib o‘tgan unutilmas mega shouni esa 27 noyabr kuni soat 17:00da «Mening yurtim» telekanalida tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: