Qashqadaryodagi bog‘chada tekshiruvchilar kelganda bolalarni hojatxonaga qamab qo‘yishdi

Jamiyat 18:22 / 19.11.2021 2852

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirish maqsadida bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 oktyabr kuni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Qarshi shahridagi 32-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish o‘tkazgan.

Xabarlarda tarqalgan holat, ya'ni bolalarni yashirish maqsadida hojatxonaga qamash ana shu 32-bog‘chani o‘rganish paytida kuzatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: