AQSh Pfizer kompaniyasidan koronavirusga qarshi 5,2 mlrd dollarlik hab dori sotib oladi

Jahon 21:29 / 19.11.2021 3705

AQSh Pfizer farmatsevtika kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi 10 million doza sinov preparati sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Reuters.

Kelishuvga ko‘ra, AQSh prezidenti ma'muriyati COVID-19ga qarshi “Pakslovid” (Paxlovid) hab dorisi uchun 5,29 milliard dollar mablag‘ sarflaydi.

“Biz 10 million davolash kursiga mo‘ljallangan koronavirusga qarshi Pfizer tabletkalarini sotib olganimizni e'lon qilaman. Vaksinatsiya avvalgidek muhim qurolimiz bo‘lib qoladi, ammo bu yangi hab dori shifoxonaga yotishlar va o‘limlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin”, — deb yozdi AQSh prezidenti Jo Bayden Twitter sahifasida.

Qayd etilishicha, davolash kursi davomida bemorlar ikki dona “Pakslovid” va bir dona “Ritonavir” hab dorini qabul qiladi.

Hab dorilarni yetkazib berish yil oxirigacha boshlanishi va 2022 yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Pfizer hab dorisi hozircha oziq-ovqat va dori mahsulotlari sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) tomonidan ma'qullanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: