Yaponiyada aholini qo‘llab-quvvatlash uchun pul tarqatiladi

Jahon 21:05 / 18.11.2021 5636

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi oqibatida jabrlangan iqtisodiyotni va iste'molchilar talabini rag‘batlantirish rejasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalarga 100 ming iyenga teng (875 dollar) cheklar tarqatiladi, deb yozadi Nikkei.

Navbatdagi rejaning umumiy miqdori 56 trillion iyenni (487 milliard dollar) tashkil etadi.

Kichik biznesga 2,5 million iyendan (21,9 ming dollar) pul beriladi. Hukumat prognoziga ko‘ra, mamlakat ushbu rag‘batlantirish natijasini kelgusi yilning birinchi choragida his qiladi.

Mamlakat hukumati o‘tgan yili iqtisodiyotni tiklash uchun 48,4 trillion iyen (423 milliard dollar), dekabrda esa yana 40 trillion iyen (350 milliard dollar) ajratgandi.  

Yaponiyadagi oilalar o‘tgan yili ham 100 ming iyenlik cheklarni olgan, ularning 70 foizga yaqini bu mablag‘ni mahsulot sotib olishga ishlatmasdan, bankka qo‘yishni ma'qul ko‘rgan.

Ko‘proq yangiliklar: