Olimlar niqob taqish koronavirus yuqtirish xavfini 53 foizga kamaytirishini isbotlashdi

Jahon 17:24 / 18.11.2021 4383

Edinburg va Avstraliyaning Monasha universitetlari olimlari niqob taqish koronavirus yuqtirish xavfini 53 foizga, ijtimoiy masofa saqlash 25 foizga kamaytirishini isbotlashdi, deb xabar berdi The Guardian.

Tadqiqotga ko‘ra, pandemiya davridagi turli cheklovlarning samaradorligi o‘rganilgan. Olimlar turli mamlakatlardagi 30ta tadqiqotni tahlil qilgan va niqob taqish COVID-19 yuqtirishning oldini olishda eng yaxshi vosita degan xulosaga kelgan.

Shu bilan birga, lokdaunlar, chegaralar, maktab va ishxonalarni yopish kabi choralar qo‘shimcha tahlilni talab qilishi aytilgan.

Qayd etilishicha, qo‘llarni muntazam yuvish ham kasallikka chalinish xavfini 53 foizga kamaytiradi, ammo bu boradagi tadqiqotlar yetarlicha emasligi bois bu raqamni aniq deb bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: