Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusning yangi mutatsiyasi yanada xavfli ekani aniqlandi
FliRT varianti vaksinalarga nisbatan chidamliroq ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Pixabay
Bahorning ikkinchi yarmida, ayrim mamlakatlarda olimlar COVID-19 bilan kasallanishning sezilarli o‘sishini qayd eta boshladilar. Buyuk Britaniyada kasallanishlar soni may oyining birinchi haftasida 21 foizga oshdi. AQShda esa shu oyning dastlabki ikki haftasida o‘sish 28,2 foizni tashkil etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘sishning aksariyati FLiRT virusi varianti bilan bog‘liq.
COVID-19 varianti bu nomni aminokislotalarning qayta tuzilishi natijasida kelib chiqqan o‘ziga xos mutatsiyalar tufayli oldi. Variantning o‘ziga xos tor turlari mavjud. Ularning barchasi JN.1 virusining shoxlari bo‘lib, u o‘z navbatida paydo bo‘lganidan keyin dominant bo‘lgan ma’lum Omicron versiyasi nasl-nasabining bir qismidir.
FLiRT varianti bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uning mutatsiyalari virusni boshqa variantlar va mavjud vaksinalardan orttirilgan immunitetga nisbatan chidamliroq qilishi mumkin. Bu FLiRT tarqalishi qobiliyatini oshiradi.
AQSh va Buyuk Britaniyadan tashqari, virusning ushbu varianti Avstraliya va Hindistonda allaqachon aniqlangan. U boshqa mamlakatlarda allaqachon tarqalib ketgan bo‘lishi mumkin, ammo hamma joyda ham virusning qaysi mutatsiya ekanini tezda aniqlash imkonsiz.
Jons Xopkins universitetining fikricha, yaqinda kovidning har qanday varianti bilan kasallangan odamlar FLiRT versiyasidan ancha yuqori immunitet himoyasiga ega. Biroq, emlashning samaradorligi past bo‘lishi mumkin, chunki bu variant bo‘yicha maxsus laboratoriya tadqiqotlari hali o‘tkazilmagan.
Olimlar FLiRT varianti kovidning yozgi to‘lqiniga olib kelishi mumkinligini istisno qilmaydi. Ammo pandemiyaning qaytishi haqida gapirishga o‘rin yo‘q. Hozircha virus aholining zaif qatlamlari uchun xavf tug‘dirmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

23:06 / 04.09.2024