Namangan shahar Davlatobod tumanida erkak o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayolning Malibu-2 mashinasini yoqib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 noyabr kuni soat 4:00 larda Namangan viloyati IIB 102 xizmatiga Namangan shaxar Davlatobod tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli Malibu mashinasi yashash uyi oldiga qo‘ygan vaqtida yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruvda aniqlanishicha, ayol bilan 2021 yil martdan buyon ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
2021 yil 13 noyabr kuni soat 03:00 larda fuqaro mast holda ayolga tegishli Malibu’ning oynasini tosh bilan sindirib, o‘zi bilan olib kelgan 10 litr benzinni mashina salonini ichiga sepib yoqib yuborgan. Oqibatda mashina yonib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur xolat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
2020 yilning 18 iyun kuni Toshkent tumani Fayzobod MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi maydoni yaqinida 1994 yil tug‘ilgan ayol kishi o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish maqsadida MChJ balansidagi 2019 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli Malibu-2 rusumli avtomobilni yoqib yuborgandi.