Eksklyuziv: Namanganda somsaning yangi turlari dovruq qozondi

Jamiyat 20:10 / 15.11.2021 38542

Har bir viloyatimizning o‘ziga yarasha tashrif qog‘oziga aylana olgan taomlari bor. Toshkent norini, Samarqand setora palovi va Jizzax somsalari shular jumlasidan. Tez orada bu ro‘yxatga Namangan somsalari ham qo‘shilsa ajab emas.

Namanganlik somsapaz Qobiljon Hamdamov pishirayotgan 16 turdan ziyod somsalar internetda katta mashhurlikka erishmoqda.

Somsaxonani hatto chet ellik blogerlar ham tasvirga olib o‘z sahifalarida ko‘rsatishdi. Natijada Namanganga kelgan sayyohlar orasida ham unga qiziqish ortgan.

Somsalar qanchalik mazali ekanini nafaqat boshqa viloyatlardan, balki qo‘shni davlatlardan ham kelib navbatda turganlarning ko‘pligidan payqash mumkin.

Kun.uz muxbiri Qobiljon Hamdamov pishirayotgan somsalarning tayyorlanish jarayonidan video tayyorladi, somsapazning o‘zi bilan ham suhbatlashdi.

Mazali videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling. Va albatta do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang.

Ko‘proq yangiliklar: