Sirdaryodagi daladan FVV tuman bo‘limi ishchisining jasadi topildi

Jamiyat 14:21 / 14.11.2021 11715

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida bo‘yin qismi o‘tkir tig‘ bilan kesilgan jasad topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Daryo.uz so‘roviga asosan bu xabarni tasdiqlagan.

Ma'lum bo‘lishicha, 11 noyabr kuni soat 16:30 da Mirzaobod tumani IIB xabariga asosan Mirzaobod tumani, «Bek klaster»ga tegishli dala maydoni hududida 53 yoshli G‘.A.ning murdasi bo‘yin sohasi kesilgan holatdagi tan jarohati bilan topilgan. Marhum Mirzaobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limida ishchi bo‘lib ishlagan.

Voqea joyidan dastasi jigarrang oshxona pichog‘i, «Rapira» lezviyasi va boshqa buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan. G‘.A.ning vafot etgani yuzasidan tayinlangan sudga oid komission ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o‘limiga bo‘yin sohasi qon tomirlari traxeya va qizilo‘ngach kesilishi, tashqi qon ketishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Hayot Shamsutdinov Telegram-kanalida yozishicha, holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: