“Tez yordam”ga allergik reaksiyalar va bronxial astma xuruji bilan bog‘liq murojaatlar soni oshmoqda – SSV

Foto: Kun.uz
Joriy yil 4 noyabrdan mamlakat ayrim hududlarida va Toshkent shahrida boshlangan mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi oqibatida “Tez yordam” xizmatiga allergik reaksiyalar va bronxial astma xuruji bilan bog‘liq murojaatlar soni oshgan. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilib, “Tez yordam” xizmati tomonidan aholiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
“4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga jami chaqiriqlar soni 4082 tani tashkil etib, 3 noyabr holatiga ko‘ra, murojaatlar soni 649 taga oshdi. 5 noyabrdan 6 noyabr soat 06.00 ga qadar umumiy chaqiriqlar soni 4110 taga yetib, nafas olish bilan bog‘liq murojaatlar soni 709 tani (jami chaqiriqlarning 17,2 foizi) tashkil qildi. Shundan allergik reaksiyalar bilan 36 ta, bronxial astma xuruji bilan 122 ta murojaat bo‘lib, ularning 11 tasi gospitalizatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, yurtimiz aholisi bunday ob-havo sharoitida zarurat sezganda, o‘z hududidagi oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilib, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin”, deya ma'lum qilgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘riboyev.
Ta'kidlanishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va shahar bo‘limlarida zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta'minlangan va vazirlikning “1003” qisqa raqamli Sall-markazining malakali mutaxassislaridan changli havodan qanday himoyalanish bo‘yicha kun-u tun kerakli maslahat va tavsiyalar olishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, 12 noyabr sanasiga qadar yog‘ingarchilik kutilmayotgani bois mutaxassislar havodagi zararli chang-g‘ubor yaqin kunlar ichida ham saqlanib qolishini ma'lum qilishgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57
-
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 22:49
-
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi
Jamiyat | 22:21
Mavzuga oid

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi

16:45 / 10.03.2025
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

18:14 / 23.11.2024