Global iqlim o‘zgarishi Daniyada gullash mavsumining davomiyligini uzaytirdi, yuqori harorat va nam havo esa odamlar orasida changga allergiyani kuchaytirdi.
Bu qisman atmosferada karbonat angidrid darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq, chunki karbonat o‘simliklarda fotosintez jarayonini tezlashtirishi va kuchaytirishi, shuningdek, chang ishlab chiqarishni oshirishi mumkin. Bu haqda Atmosphere ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalarida aytilgan.
Olimlarning tushuntirishicha, chang zarralari havoni ifloslantiruvchi moddalar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi va momaqaldiroq hamda boshqa ekstremal hodisalar ta’siriga uchraydi, bu esa allergik rinit va astma kabi nafas yo‘li kasalliklarini kuchaytiradi.
“Chang mavsumi qanday kechayotganini doimiy kuzatib boryapmiz”, — dedi Statens Serum Ins kompaniyasining epidemiologik tayyorgarlik bo‘yicha funksional direktori Tayra Grouv Krauz. “Germaniyada shimolga siljigan chang bo‘ronlarini ham kuzatishni boshladik”.
Iqlim isishi yuqumli va virusli kasalliklarning ko‘payishiga ham sabab bo‘lmoqda.
“Iliq va nam havo chivinlar va kanalar uchun qulay sharoit yaratadi, ular esa odamlarni turli xil ekzotik viruslar bilan zararlashi mumkin”, — deb ta’kidladi Krauz.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, issiqlik to‘lqinlari va suv toshqinlari kabi noxush ob-havo hodisalari ortishi ko‘plab o‘lim holatlariga olib kelmoqda. Suv toshqinlari tufayli odamlar ifloslangan suv ta’siriga uchrashi mumkin, bu esa keng ko‘lamli infeksiyalarning yuqishiga sabab bo‘ladi.