Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 35 foizga oshdi

Iqtisodiyot 15:51 / 04.11.2021 13387

Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) «Mintaqaviy iqtisodiyot istiqbollari» hisobotida aytiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, prognoz kelajakda COVID-19 bilan bog‘liq noaniqliklar, xalqaro turizmning qayta tiklanishi va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hisobotga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasi o‘tgan yilga nisbatan 19,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9 foizga, qishloq xo‘jaligi 4,2 foizga o‘sgan.

2021 yilning sakkiz oyida Rossiyadan pul o‘tkazmalari dollar hisobida o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga oshdi.

Bundan tashqari, kreditlash hajmi o‘sishi 2021 yil iyun oyida real ko‘rsatkichlarda o‘tgan yilgi 12 foizdan 22 foizga tezlashdi, bu esa kuchli iqtisodiy faollikni aks ettiradi. Shu bilan birga, inflatsiya 2020 yil dekabrdagi 11,1 foizdan 2021 yil oktyabr holatiga ko‘ra 10,8 foizga tushdi.

Umuman olganda, YeTTB 2021 yilda hududlarning rivojlanishi prognozini 5,5 foizgacha oshirdi.

Birinchi yarim yillikning ijobiy natijalaridan so‘ng, iyun oyidagi prognoz 1,3 foizga qayta ko‘rib chiqilganiga qaramay, bank kelajakdagi xatarlar haqida ogohlantirmoqda.

Xomashyo va energiya tashuvchilar narxining yuqoriligi, mehnat bozorlarining yomonlashuvi, ta'minot zanjiridagi uzilishlar va YeTTB faoliyat yuritayotgan bir qancha mamlakatlarda mahalliy valutalarning zaiflashishi koronavirus bilan kasallanganlar sonining oxirgi o‘sishidan avval inflatsiya to‘lqinlarini kuchaytirdi. 

2021 yil sentyabr oyida mintaqalarda inflatsiya darajasi 2019 yil yakuni bo‘yicha o‘z darajasidan o‘rtacha 3 foizga oshdi. Inflatsiyaga qarshi kurashish uchun YeTTB ishlaydigan mintaqalardagi ayrim markaziy banklar asosiy foiz stavkalarini oshirdi.

YeTTB faoliyat yuritayotgan ayrim mamlakatlarda mehnat bozorining yomonlashuvi inflatsiya bosimini kuchaytirdi, bunda past va o‘rta malakali ishchilar bo‘sh ish o‘rinlarini egallagan. Boshqa davlatlarda mehnat bozorlari sezilarli sustlikni boshdan kechirishda davom etmoqda. 2020 yil fevral-avgust oylari orasida ishsizlik darajasi o‘rtacha 1,4 foizga oshdi, ishchi kuchi ishtiroki darajasi esa o‘rtacha 0,5 foizga kamaydi.

Ko‘proq yangiliklar: