Subsidiya haqidagi ma'lumot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan konferensiyasi boshlanishidan oldin tarmoqda paydo bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, qirg‘oq bo‘yi shamoli hozirda 10 gigavatt elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda. 2030 yilga borib Buyuk Britaniya hukumati bu ko‘rsatkichni 4 marta oshirib, 40 gigavattga yetkazishni istayapti. Shu tariqa, mamlakatdagi har bir uyni “yashil” elektr bilan ta'minlash rejalashtirilmoqda. Ana shu 40 gigavattdan 1 gigavatt elektr energiya aynan suzuvchi shamoldan olinishi kerak. Uning texnologiyasi uchun pul ajratilgan.
“Qirg‘oq bo‘yida suzib yuruvchi shamol – Buyuk Britaniya uchun juda foydali bo‘lgan, aqlbovar qilmas shamol resursini ochish kalitidir. Bu resurs Shotlandiya va Uels chuqur suvlari qirg‘oq bo‘yida ayniqsa ko‘p”, - deydi Buyuk Britaniya energetika vaziri Kvazi Kvarteng.
Yaqinda ma'lum bo‘lishicha, Londonda iqlim texnologiyalari sohasidagi startaplarning jami qiymati so‘nggi yillarda deyarli uch baravarga ortdi va 28 mlrd dollarga yetdi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya bu sohadagi Yevropadagi yetakchi mamlakatga aylandi.