Dizel yonilg‘isiga chegirmalar bekor bo‘ladi: Fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar solyarkani faqat birja orqali xarid qilishadi

Iqtisodiyot 18:42 / 30.10.2021 15667

Budjet tashkilotlari, paxta xomashyosi va g‘alla ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «Toshshahartransxizmat» AJ, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha davlat korxonalariga ham dizel yonilg‘isini birja orqali mustaqil xarid qilishi mumkin. Bu «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 4 apreldagi «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4664-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qarori muhokamadan o‘tib, tasdiqlansa amalga oshadi.

Qaror loyihasi bilan prezidentning 4664-sonli qarorining 8-bandi 4-5-xatboshilarini chiqarib tashlash ko‘zda tutilgan.

Qarorning 8-bandida 4-5-xatboshilarida budjet tashkilotlari, paxta xomashyosi va g‘alla ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «Toshshahartransxizmat» AJ, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha davlat korxonalariga dizel yonilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yonilg‘isi) o‘tgan chorakdagi birja savdolari natijalariga ko‘ra shakllangan o‘rtacha birja narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida, shuningdek, ularga neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotilishi; neftni qayta ishlash zavodlari «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan iste'molchilarga sotilgan dizel yonilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yonilg‘isi) hajmi uchun «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan belgilanadigan chegirmani taqdim etishi belgilab qo‘yilgan edi.

Prezidentning yangi qarori bilan dizel yonilg‘isi (asosan solyarkalar) xarid qilish uchun bir qator tashkilotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan belgilanadigan chegirmani taqdim etish bekor bo‘lmoqda.

Qaror muhokamasi 13 noyabrgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: