Xitoy Tojikistonda harbiy baza qurayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
Reuters agentligi Tojikiston parlamenti vakiliga tayanib Dushanba va Pekin Afg‘oniston bilan chegarada harbiy baza qurish to‘g‘risida kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi.

Foto: eurasiantimes.com
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarida hech qanday bazaga ega emas. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma'lum qildi.
“Ishonch bilan aytishim mumkin, Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarida hech qanday harbiy bazaga ega emas”, – dedi u Xitoy Tojikistonda harbiy baza qurayotgani haqidagi xabarga izoh berarkan.
Payshanba kuni Reuters agentligi Tojikiston parlamenti vakiliga tayanib Dushanba va Pekin Afg‘oniston bilan chegarada harbiy baza qurish to‘g‘risida kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi.
Agentlikning yozishicha, baza Tog‘li Badaxshon avtonom oblastidagi Pomir tog‘larida joylashadi. Mazkur oblast Afg‘onistonning Badaxshon va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan chegaradosh.
Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, baza qurilishi Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha qiymati 9,4 mln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid

18:16 / 12.03.2025
WSJ: Xitoy harbiy potensialini oshirish uchun okean tubini faol o‘rganmoqda

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025