Pensiya jamg‘armasi 2021 yil sentabr oyidagi bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Qayt etilishicha, bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori:
- Toshkent shahrida 1 mln 250 ming 992 so‘m;
- Navoiyda 1 mln 176 ming 323 so‘m;
- Toshkent viloyatda 1 mln 12 ming 617 so‘m;
- Buxoroda 941 ming 411 so‘m;
- Sirdaryoda 936 ming 392 so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 918 ming 930 so‘m;
- Samarqandda 902 ming 172 so‘m;
- Qashqadaryoda 876 ming 728 so‘m;
- Xorazmda 870 ming 800 so‘m;
- Surxondaryoda 850 ming 685 so‘m;
- Jizzaxda 848 ming 930 so‘m;
- Farg‘onada 836 ming 856 so‘m;
- Namanganda 802 ming 125 so‘m;
- Andijon viloyatida 801 ming 640 so‘mni tashkil etgan.
2021 yil 1 oktabr holatiga respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 mln 548 ming 93 nafar bo‘lib, umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 mln 389 ming 98 nafarga yoki 64,3 foizga ko‘paygan.
Ma'lumot uchun, 1991–2021 yillarda pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirilgan.