Tadbirkor “qizil” – soliq xavfi yuqori toifaga tushib qolsa, buni qanday hal qilish mumkin?

Iqtisodiyot 21:59 / 25.10.2021 21726

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkor “qizil”ga tushib qolganda, holatni qanday ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligi borasida tavsiya berdi.

“Mening holatimni tekshirish” interfeysida rahbar yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi yagona milliy mehnat tizimi (“YaMMT” IDAK)da tasdiqlanmagan bo‘lsa ushbu korxona soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi sifatida tasniflanadi.

Bu muammoni shunday hal qilish mumkin:

— amaldagi rahbar va moliyaviy boshqaruv vazifalarini bajaruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlar YaMMT tizimiga kiritilishi (xodim o‘zgarganda yoki boshqa biron sababga ko‘ra ma'lumotlar YaMMTga kiritilmaslik holatlari uchrab turadi);

— rahbar va moliyaviy boshqaruv vazifalarini bajaruvchi shaxslarga hisoblangan ish haqidan tegishli soliqlar ushlab qolingan holda oylik to‘langan bo‘lishi;

— YaMMT tizimida shartnomani (qo‘shimcha shartnoma) ro‘yxatdan o‘tkazishda va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini topshirishda xodimlarning shaxsiy ma'lumotlarida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, JShShIR ( jismoniy shaxsning STIRi), xodimning hisobot davridagi holati va boshqa ma'lumotlari bir-biriga to‘g‘ri kelishi va birlamchi hujjatlar ma'lumotlariga mosligi);

Shuningdek, xavfni tahlil qilish tizimida holatni o‘zgartirish uchun quyidagilar zarur:

— mehnat shartnomalarini, ularga qo‘shimcha shartnomalarni YaMMTdan ro‘yxatdan o‘tkazish, noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ma'lumotlarga tuzatish kiritish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;

— jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblaridagi noaniqliklarni qayta hisobot topshirish orqali bartaraf etish;

— “mening holatimni tekshirish” oynasida yangilash tugmasini bosish zarur.

Ko‘proq yangiliklar: