O‘zbekiston TIV toliblar hukumatini tan olish masalasi kun tartibida ekanligini ma'lum qildi
Abdulaziz Komilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish uchun maxsus joylar tashkil etishni rejalashtirmayapti, chunki bunga zarurat yo‘q.

Foto: Sidiqullah Khan/AP
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov toliblar hukumatini tan olish masalasi kun tartibida turgani, ammo ular Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi va'dalarini bajarishlari kerakligini aytdi.
“Toliblar hukumatini tan olish masalasi, albatta, kun tartibida turibdi. Biz ittifoqchilarimiz, hamkorlarimiz bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda harakat qilamiz. Ammo toliblar oldiga qo‘yilgan shartlar shunchalik jiddiyki, ularga separat ma'noda reaksiya bildirish juda xavfli. Terrorchilik faoliyatining saqlanib qolishi yoki toliblar tomonidan unga qarshi yetarlicha kurash olib borilmasligiga ko‘z yumish <...> - va ularni tan ololmaymiz”, – dedi u rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Komilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish uchun maxsus joylar tashkil etishni rejalashtirmayapti, chunki bunga zarurat yo‘q.
“Qochqinlar oqimi yo‘q, umuman qochqinlar yo‘q. Biz boshidayoq qochqinlarni qabul qilmasligimizni bildirganmiz. Qochqinlar uchun maxsus joylar tashkil etilmagan va bo‘lmaydi ham”, – dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025