Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishlovchi onalar bola 2 yoshga yetguncha beriladigan har oylik nafaqani olish muddatidan so‘ng bolalar nafaqasini olishi mumkin
Hukumat qarori bilan kam ta'minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Foto: Kun.uz
Ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola 2 yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan so‘ng bolalar nafaqasini olishi mumkin.
Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi. Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha 18 yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi. Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi.
Oila: 2021 yil 1 sentyabrdan – oilaning har bir a'zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda; 2022 yildan boshlab – oilaning har bir a'zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste'mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta'minlangan deb e'tirof etiladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tegishli arizalarga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam ta'minlangan oila deb e'tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi. Har bir oila tomonidan ariza topshirish va "Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
2022 yil martgacha jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari ro‘yxati shakllantirilib, tegishli ma'lumotlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib boriladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

10:44 / 14.05.2025