Chirchiqda «Spark» olib qochgan fuqaro ushlandi

O‘zbekiston 07:56 / 22.10.2021 1758

Joriy yilning 20 oktyabr kuni soat taxminan 14:15 larda Chirchiq shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro N.J. Chirchiq shahar IIBga murojaat qilib, Chirchiq shahar Arancha qo‘rg‘oni Sharq ko‘chasi 94 uy oldida turgan noma'lum shaxs uni do‘konga kirib ketganligidan foydalanib, «Spark» avtomashinasini olib qochganligini, mashinani topishni va noma'lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat 2000 yilda tug‘ilgan Chirchiq shahrida yashovchi vaqtincha ishsiz bo‘lgan M.P. tomonidan sodir etilganligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan, Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan, JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: