Xitoy vakili AQSh AUKUS’ni tashkil etib Osiyoda “Pandora qutisi”ni ochganini aytdi

Jahon 10:56 / 21.10.2021 6422

“AUKUS “Pandora qutisi”ni ochdi. Bu Osiyo-Tinch okeaniga na farovonlik, na barqarorlik keltiradi. Buning o‘rniga u ishonchning kamayishiga va qurollanish poygasiga va hattoki harbiy qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin. Mintaqadagi birorta davlat bundan manfaatdor bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan diplomat.

Uning aytishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati yangi sovuq urushga intilmayotgani haqida gapirmoqda, biroq “aslida Vashingtonning xatti-harakatlari bundan darak bermayapti”. “Besh ko‘z” razvedka alyansi (Five Eyes, tarkibiga Avstraliya, Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya va AQSh kiradi), Xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqotdan (Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiya) boshlab to AUKUS’gacha Vashington borgan sari ko‘proq mayda ittifoqlar tashkil etmoqda. Ular esa keskinlikning tobora kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli AQSh mintaqada o‘zi nimani istayotgani haqida so‘rash lozim. Ko‘pchilik olimlarning ta'kidlashicha, ushbu mexanizmlarning barchasi Xitoyga qarshi qaratilgan va ko‘plab kuchlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga olib keladi”, deb aytgan elchi.

Xun Syaoyunning ta'kidlashicha, AQSh muayyan qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni saqlab kelishi bilan doim maqtangan. “Bundan tashqari, AQSh Shimoliy Koreya va Eronning yadro muammolariga taalluqli barcha jarayonlar boshida bo‘lgan, ushbu davlatlarga qarshi birinchi bo‘lib bir tomonlama sanksiyalar kiritgan. Biroq o‘z ittifoqdoshi, Avstraliya bilan bog‘liq vaziyatda, ular yadro qurolini tarqatmaslik muammosi ahamiyatini yaqqol kichraytirishmoqda. Bunday kontrastlik ikkilik standartini eslatmoqda. Ikkilik standartlariga asoslangan yondashuvni qoida deb bo‘ladimi?” deb ta'kidlab o‘tgan elchi.

Avstraliya, Britaniya va AQSh yetakchilari 15 sentyabrda mudofaa sohasida hamkorlik haqidagi AUKUS kelishuvini imzolashdi. Ushbu kelishuv, jumladan, Avstraliya tomonidan AQSh texnologiyalari yordamida 8 ta atom suvosti kemasi qurilishini ko‘zda tutadi. Bu kemalardan birinchilari 2036 yilda safga turadi.

Ko‘proq yangiliklar: