O‘zbek tilini biladiganlar uchun Moskva metrosi kassasida bo‘sh ish o‘rni haqida e'lon paydo bo‘ldi

Jahon 13:31 / 21.10.2021 8487

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi hududidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lonlar beriladigan saytda o‘zbek va tojik tillarini biladigan nomzodlar uchun Moskva shahrining «Lesoparkovaya» metro bekati kassasida bo‘sh ish o‘rni haqida e'lon paydo bo‘ldi.

Avvalroq, McDonald's tez ovqatlanish restoranlari global tarmog‘ining Moskva shahridagi savdo avtomatlarida o‘zbek, tojik va qirg‘iz tillarida hamda Moskva shahrining «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillarida yozuvlar paydo bo‘lgan edi.

Keyinchalik, Moskva transport departamenti metro bekatlaridagi o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar olib tashlanmasligini ma'lum qildi. Ma'lum qilinishicha, «Prokshino» va «Lesoparkovaya» bekatlaridagi qo‘shimcha tillardagi yozuvlar Moskva migratsiya markaziga boradigan xorij fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: