Misrda robot josuslikda gumonlanib ushlandi

Jahon 20:58 / 21.10.2021 7926

Misr chegarachilari Ai-Da rassom-robotni josuslikda gumon qilib ushlashdi, deb yozadi The Guardian.

Xabar qilinishicha, Ai-Da Giza ehromlari yaqinida o‘tkaziladigan zamonaviy san'at ko‘rgazmasi ochilishi uchun olib kelingan. U ko‘rgazmada o‘z asarlarini namoyish etishi mo‘ljallangan.

Robot muallifi Eydan Mellerning so‘zlariga ko‘ra, uning ixtirosi o‘n kun davomida ushlab turilgan. 

Xavfsizlik kuchlari robot ko‘zlariga o‘rnatilgan kameralar yordamida josuslik qilishi va tanasidagi modem orqali ma'lumotlarni uzatishi mumkin deb hisoblagan.  

Ko‘rgazma boshlanishiga bir necha soat qolganida Ai-Da Buyuk Britaniya elchisi ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Ai-Da dunyodagi birinchi ultrarealist rassom-robot hisoblanadi. Uni Eydan Meller va Engineered Arse mutaxassislari tayyorlagan.

Ai-Da bionik qo‘llari va ko‘zlaridagi kameralar yordamida rasm chizadi. Robot dasturchi ayol Ada Lavleys sharafiga Ai-Da deb nomlangan.

Ko‘proq yangiliklar: