Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror qabul qilindi.
Quyidagilar agentlikning vazifalari etib belgilandi:
- moddiy madaniy meros obektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish;
- moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish;
- milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish;
- tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish;
- arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish;
- madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan ularning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va boshqalar.
Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- faoliyatini tashkil etish tartibi;
- agentlikning huquqlari va javobgarligi, o‘z tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi;
- agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
- agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;
- agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ushbu agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Madaniyat sohasidagi NHHlar loyihalari hamda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari agentlik bilan kelishilishi shart.
Bundan tashqari, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy-madaniy hududlarda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarini, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda obektlarni qurish va ularni buzish, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyihalar majburiy tartibda agentlik bilan kelishiladi. Bunda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obektlar) loyihalari YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya orqali YuNeSKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

17:44 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

08:07 / 12.05.2025