Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda uy olib berish va o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Surxondaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan, yana bir fuqaroga uy olib berishini aytib undan 1 900 AQSh dollari olgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro Z.A. fuqaro K.ga 2 000 dollar evaziga subsidiya ballarini yig‘ish orqali uy olib berishni va'da qilib, shundan 100 dollarini olib, qolgan 1 900 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Z.A. 2020 yilda 8 nafar fuqaroni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga ularning jami 19 800 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

10:41 / 07.07.2025
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

17:49 / 30.06.2025