Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nomi bor-u o‘zi yo‘q madaniy meros obektlari. Senat yalpi majlisida yo‘qolib ketgan tarixiy obektlarga e'tibor qaratildi

Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senatining bugun, 20 oktabr kuni bo‘lib o‘tayotgan XX yalpi majlisida saqlash va muhofaza qilishga yetarlicha e'tibor qaratilmagani oqibatida yo‘qolib ketgan madaniy meros obektlari masalasi muhokama qilindi.
“Davlat dasturining 20-bandida madaniy meros obektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta'minlash bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qayd etilgan. Bunda barcha madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish, madaniy meros obektlarining elektron portalini yaratish, uni davlat elektron xizmatlari bilan inventarizatsiya qilish, davlat kadastri hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat kadastrini yagona tizimga kirish axborotlarini joylashtirishga alohida e'tibor qaratish belgilangan.
«O‘zbek amaldorlari madaniy merosga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishadi» – amerikalik tarixchi
Lekin sentabr oyida qo‘mitamiz tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi bilan “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning Toshkent shahridagi ijrosini o‘rganganimizda davlat dasturidagi qator topshiriqlar bajarilmaganiga guvoh bo‘ldik.
Xususan, poytaxtimizda milliy ro‘yxatga kiritilgan 354 ta moddiy madaniy meros obekti orasida ayrimlari ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi, ya'ni Yakkasaroy tumanidagi uchta, Olmazor tumanidagi bitta obekt mavjud emasligi aniqlandi”, deydi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.

Senat raisi Tanzila Norboyeva madaniy meros obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan, biroq hozirgi paytga kelib yo‘qolib ketgan tarixiy obektlar muammosi boshqa hududlarda ham mavjudligini ta'kidlab, senatorlardan mas'ul vazirliklar bilan birgalikda mavjud muammolarni o‘rganish va qonunchilikka o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan ularni hal qilishni so‘radi.
“Senatning qo‘mita raisi Baxtiyor Sayfullayev muhofazaga olingan madaniy meros obektlari milliy ro‘yxatida turgan, nomi bor-u o‘zi yo‘q obektlar haqida ma'lumot berdi. Bu borada joylardagi senatorlarimiz ham murojaat qilgan. Jumladan, senator Gavhar Alimova ham shu masalani ko‘tarib chiqqan.
Bu masala katta ahamiyatga ega ekanligi hisobga olingan holda prezidentimiz tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar Turizm va sport ishlari vazirligi tasarrufiga ham o‘tkazilgan. O‘ylaymanki, vazirlik mazkur masalaga yanada jiddiyroq e'tibor qaratishi kerak. Chunki madaniy meros bugungi kunda nafaqat targ‘ibot qilinishi kerak, balki davlatimiz tomonidan qattiq himoyaga olinib, qo‘llab-quvvatlanishi ham kerak. Aks holda, hozirgi e'tiborsizligimiz davom etaversa, unda uzoq yillar davomida tarixan shakllangan milliy madaniyatimiz, milliy o‘zligimiz yoddan chiqib ketishi, umuman, unutilib ketishi xavfi ham mavjud.
Shuning uchun shu sohaga mutasaddi bo‘lgan senatorlar va mas'ul qo‘mitalar qoshidagi ekspertlar kengashlarida mazkur masala atroflicha muhokama qilinib, Turizm va sport ishlari vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatilishi, tegishli qonunlarga madaniy merosimizni saqlashga oid o‘zgartirishlarni kiritish zarur bo‘ladi”, deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

16:05 / 25.06.2025
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025