Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
Xususan, davlat xizmatchilarining tadbirkorlik bilan noqonuniy shug‘ullanishi va manfaatlar to‘qnashuvidan darak beradigan boshqa holatlarga e’tibor qaratildi.

Foto: Oliy Majlis Senati
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.
Majlisda yoshlarga oid jinoyatlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning ortayotgani tashvishli holat sifatida baholangan. 2024 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 43 tadan 65 taga oshgan, ya’ni 51,2 foizlik o‘sish qayd etilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda xavotirli masalalarga e’tibor qaratilgan, masalan, jinoyatlar ko‘plab mahallalarda to‘planib qolayotgani, ularning yillar davomida «qizil» yoki «sariq» toifalarda qolayotgani tilga olingan. Jumladan, 2025 yilning birinchi choragida viloyatdagi 42 ta mahalla «sariq», 16 tasi esa «qizil» toifaga kiritilgan.
Shu bilan birga, majlisda korrupsiya holatlari bo‘yicha ham tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tgan. Xususan, kadrlarni ishga qabul qilishda noqonuniy talablar qo‘yilishi, manfaatlar to‘qnashuvi, ochiqlik va oshkoralikning yetishmasligi, davlat xaridlarida shaffoflikning ta’minlanmagani kabi salbiy holatlar tanqid ostiga olingan. Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik bilan noqonuniy shug‘ullanishi va manfaatlar to‘qnashuvidan darak beradigan boshqa holatlarga ham e’tibor qaratilgan.
Majlis davomida kadrlarni ochiq va oshkora tanlov asosida saralash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, axborot tizimlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida korrupsiyani kamaytirishga doir aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, ishchi guruh tumandagi 32-maktab negizida tashkil etilgan «Jasorat maktabi» faoliyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng Jizzax shahridagi Ma’naviyat markazida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

16:05 / 25.06.2025