20 oktyabr kuni shimoliy hududlarga salqin havo massalari kirib kelishni boshlaydi

O‘zbekiston 08:12 / 20.10.2021 6586

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘ladi, kechga tomon yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: