Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Malaka toifasini berish attestatsiyasi bo‘yicha hujjatlar vazirlik huzuridagi palatada qabul qilinmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari yig‘ilishi jadvali tasdiqlandi. Palataning ilk attestatsiyalari joriy yilning 23 oktyabridan boshlanmoqda.
SSV matbuot xizmati eslatishicha, 2021 yil 5 maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etilgandi.
Qarorga ko‘ra, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish vakolati berilgan.
Palataning hududiy bo‘linmalar huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan vrach va farmatsevtlarga – uchinchi, ikkinchi hamda birinchi malaka toifalarini, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlariga esa ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish bo‘yicha attestatsiyalar o‘tkaziladi.
Batafsil ma'lumot Sog‘liqni saqlash vazirligining ssv.uz hamda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining uzhealth.uz rasmiy web saytlarida hamda vazirlikning @ssvuz va @ssvmatbuotkotibi kanallarida e'lon qilib boriladi.
Tibbiyot xodimlari malaka toifasini olish attestatsiyasi bo‘yicha savollarga Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining quyidagi telefon raqami orqali javob olishlari mumkin:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish bo‘limi: (71)267-63-93
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
Mavzuga oid

10:21 / 24.06.2025
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

18:01 / 23.04.2025