Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internet orqali giyohvand moddalarni o‘tkazish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi
O‘zbekistonda giyohvand moddalarni tayyorlash, saqlash, o‘tkazish va sotishga doir jinoyat uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Jumladan, voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalari iste'mol etishga jalb qilishga ham.

Foto: stock.adobe.com
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi muhokamaga tashlandi.
Giyohvand moddalarni saqlash, targ‘ib qilish va o‘tkazishga doir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun belgilangan moddalarga qo‘shimchalarni nazarda tutgan qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksida quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:
1. 127-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish)ning ikkinchi qismi chiqarib tashlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste'mol etishga jalb qilish uchun jazoni nazarda tutgan.
2. 273-modda (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)ning
3-qismi dispozitsiyasining «g» bandi quyidagi tahrirdagi «g» va «d» bandlar bilan almashtiriladi:
g) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv, sport va jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda;
d) telekommunikatsiya tarmoqlarida, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa.
Shu moddaning 5-qismi dispozitsiyasidagi «sotish» degan so‘z «o‘tkazish» so‘zi bilan almashtiriladi.
3) 274-modda (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste'mol qilishga jalb etish)da:
2-qismining dispozitsiyasidagi «v» bandi quyidagi tahrirdagi «v», «g», «d» va «ye» bandlar bilan almashtiriladi:
v) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
ye) telekommunikatsiya tarmoqlarida, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa.
Shuningdek, 274-modda quyidagi mazmundagi 3-qism bilan to‘ldiriladi:
«Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, –
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
Ilgari 127-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste'mol etishga jalb qilish 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan bo‘lsa, endi 274-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi mazmundagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritiladi:
1) 189-2-modda bilan to‘ldiriladi:
«189-2-modda. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni targ‘ib qilish
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni qonunga xilof ravishda targ‘ib qilish, shuningdek reklama va namoyish etish, –
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni targ‘ib qiluvchi vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, -
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni targ‘ib qiluvchi vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 400 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yangi modda qo‘shilishi sababli, 245-moddaning birinchi qismi «189-1» raqamidan keyin «189-2» raqami bilan to‘ldiriladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

20:26 / 27.06.2025
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi

14:54 / 18.01.2025
Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi

21:37 / 21.08.2024
AQSh Haiti sobiq prezidentini giyohvand moddalar savdosida ayblab, unga sanksiyalar qo‘lladi

15:48 / 03.07.2024