Surxondaryoda mashina boshqarib yurgan 15 yoshli o‘smirga chora ko‘rildi

Jamiyat 09:55 / 18.10.2021 1687

Surxondaryo viloyati Angor tumanida mashina boshqarib yurgan 15 yoshli o‘smirga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB YHXB YPX xodimlari Angor tumani At-Termiziy ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotganda harakatlanib kelayotgan Damas mashinasini to‘xtatgan.

Qayd etilishicha, haydovchi YPX xodimlariga hech qanday hujjat ko‘rsata olmagan. Suhbat davomida haydovchining yoshi 15da ekani va mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan o‘smirning akasiga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: