Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga hokimlar rais bo‘ldi
Toshkent shahar va barcha viloyat hokimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining raislari deb belgilandi. Bu kengashlarning qarorlari davlat va jamoat tashkilotlari uchun majburiy. Kengash majlislarida rais hal qiluvchi ovozga ega.

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 21 avgust kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishida Milliy kengash to‘g‘risidagi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar to‘g‘risida nizomlar tasdiqlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kun.uz'ga taqdim qilgan Nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar tegishli hududdagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiy deb belgilangan.
Shuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi hududiy kengashlarning ta'sis majlislarida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarning raislari etib tasdiqlanganini ma'lum qilgan.
Kun.uz bilan suhbatlashgan agentlik vakili hududiy kengash a'zolarining tasdiqlangan namunaviy tarkibida xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashlari raislari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarning raisi sifatida ko‘rsatilganini bildirdi. Shu sababli ta'sis majlislarida mahalliy kengashlarning rahbarlari hisoblangan viloyat hokimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashda ham rais sifatida tanishtirilgan. Shuningdek, ushbu namunaviy tarkibga vazirlik va idoralarning hududiy boshqarma boshliqlari, nodavlat notijorat tashkiloti, OAV vakillari, tadbirkorlar va fahriylar ham kiritilgan.
Agentlik rasmiysi, shuningdek, kelgusida hokimlar mahalliy Kengash raisligidan chiqarib yuborilishi nazarda tutilganini bildirdi. Shundan so‘ng, mahalliy kengash raisligiga kelgan shaxs Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashiga ham raisi etib tasdiqlanadi.
Hududiy kengash O‘zbekiston qonunlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi qarorlari asosida faoliyat yuritadi. Unga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishini ta'minlash, sohadagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining huquqiy ongini yuksaltirish, korrupsiya holati va tendensiyalariga doir axborotni yig‘ish va tahlil qilish, aksilkorrupsiya choralari bo‘yicha monitoring hamda sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish kabi bir qancha vazifalar yuklatilgan.
Nizomda hududiy kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda olib borishi va o‘z majlislarini zaruratga qarab, ammo yilning har choragida kamida bir marta o‘tkazishi belgilangan. Hududiy kengashlarning ishchi organi funksiyasini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari kotibiyatlari bajaradi.
Hududiy kengash raislari kengash faoliyatiga va majlislariga rahbarlik qiladi, kengash kun tartibi va ish rejalarini tasdiqlaydi hamda hududiy kengash majlislarida hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.
2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilgan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining raisi etib Senat raisi Tanzila Norboyeva, uning o‘rinbosari sifatida Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov tasdiqlangan. Bundan tashqari, Milliy Kengash tarkibidan deyarli barcha vazirlar va davlat tashkilotlarining rahbarlari o‘rin olgan.
Aynan ushbu farmon asosida tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organi etib belgilanib, unga kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etish vazifasi yuklangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Iqtisodiyot | 20:58
-
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:30
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

19:23 / 12.07.2025
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?

11:04 / 12.07.2025
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti

10:16 / 10.07.2025