Ark Buloq oziq-ovqat do‘konlarining sotuvi boshlandi. Sarmoyangizdan oqilona foydalaning

Jamiyat 17:00 / 18.10.2021 7264

Hech kimga sir emaski, sarmoya kiritish orqali daromadni ko‘paytirishning ajoyib usuli bu – o‘z shaxsiy biznesingizni yo‘lga qo‘yish hisoblangan, ayniqsa bu borada yuqori puxta o‘ylangan, sifatli g‘oyaga ega bo‘lsangiz. Ta'kidlash joizki, bugungi kun – zamonaviy davr talablariga javob beruvchi savdo-qurilish segmentida butkul yangi qiyofa kasb etuvchi Ark Buloq singari jiddiy va ishonchli loyihalarga sarmoya kiritish vaqti keldi!

Foto: Ark Buloq

Ark Buloq xalqaro savdo markazi - bu ulgurji savdo sohasidagi yirik tijoriy obekt bo‘lib, umumiy maydon hududi 32 gektarni tashkil etadi, shundan 6,5 gektarida 750 dan ortiq qurilish mollari do‘konlari, tirbandlik muammosidan xoli joyda tashkil topgan 5 mingta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargohlar, ofis va omborxonalar o‘rin olgan hamda bu yerda 2022 yilga kelib qurilish osti 8 gektar maydonda 1000 dan ortiq ulgurji oziq-ovqat do‘konlari qad rostlaydi.

Ta'kidlash joizki, Ark Buloq qurilishning birinchi bosqichi bo‘lgan qurilish mollari uchun mo‘ljallangan savdo markazi loyihasini Mustaqilligimizning 30 yilligiga muvaffaqiyatli yakunlab, endilikda tadbirkorlar uchun qurilishning ikkinchi bosqichi – oziq-ovqat do‘konlari loyihasini taqdim etmoqda. Qurilish ikki bosqichda amalga oshirilib, loyiha to‘laqonligicha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan holda tantanali topshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kelgusida qurilishning 3-bosqichi – zamonaviy logistika tizimi va bojxona omborlari uchun inshootlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Ark Buloq

Yangi qad rostlayotgan savdo markazi zamonaviy fuqarolarning turmush tarzi va xarid qilish jarayonidagi istaklaridan kelib chiqqan holda qurilmoqda. Ark Buloq savdo majmuasi 3 qavatli bino va yerto‘la uchun mo‘ljallangan maxsus joylardan iborat. Loyiha xaridorlar ehtiyoji uchun zarur barcha tijorat mahsulotlari savdosini ko‘zda tutadi: 1-qavatda oziq-ovqat, nooziq-ovqat, bolalar o‘yinchoqlari, sport tovarlari, chinni buyumlari; 2-qavatda elektronika va maishiy texnika, telefon va aksessuarlar, parfyumeriya, sovg‘a va suvenirlar; 3-qavatda tekstil mahsulotlari. Yangi qurilayotgan do‘konlar ham Ark Buloq xalqaro savdo markazi hududida joylashganligi tufayli ularga ham talab juda yuqori bo‘ladi. Ushbu noyob imkoniyat natijasida siz do‘konlarni xarid qilish yoki sotib olingan do‘konlarni ijaraga berish imkoniga ega bo‘lasiz va keyinchalik daromadingizni birmuncha ko‘paytirasiz.

Do‘konlarning hajmi esa mahsulot va tovarlarning qulay joylashtirilishini hisobga olgan holda yaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida do‘kon olmoqchi bo‘lgan xaridorlar o‘zlari uchun mos va kerakli hajmdagi do‘konni tanlashi va qo‘shimcha chegirmalarga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratib beradi.

Foto: Ark Buloq

"Ark Buloq"ni tanlab, siz nafaqat malakali mutaxassislar ko‘magidan foydalanasiz, balki o‘zingizni muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyati uchun barcha kerakli shart-sharoitlar bilan ta'minlaysiz, shuningdek, siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • Rivojlangan savdo do‘koni — majmuaga tashrif buyuruvchilarning barqaror oqimi sizga doimiy xaridorlarga ega bo‘lish va do‘konni jadal sur'atlarda rivojlantirishga imkon beradi.
  • Xalqaro logistika tizimi — yillar davomida ishlab chiqilgan tizim nafaqat mamlakat bo‘ylab, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston hududi bo‘ylab mahsulotlarni o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib berishni ta'minlaydi.
  • Maxsus bonuslar — do‘kon sotib olganingiz uchun sizga katta chegirmalar, ajoyib keshbek va katta qiymatga ega qimmatbaho sovrinlar taqdim etiladi.
  • Bank xizmatidan foydalanish — "Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankidan 24/7 rejimda foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.
  • Mehmonxona xizmati — xizmat safari tufayli olis manzilda uzoq muddatga tashrif buyurgan mehmonlar uchun zamonaviy mehmonxona barpo etiladi. 
Foto: Ark Buloq

Ark Buloq – xalqaro innovatsion savdo majmuasi taklif etayotgan qulayliklar tufayli bu yerda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlar safi kundan kunga ortib bormoqda. Ark Buloq savdo markazi qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi barcha sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi. Shuni alohida qayd etish joizki, Ark Buloq yaqin istiqbolda ushbu savdo markazni tashrif buyuruvchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalarni bir joydan arzon narxlarda tez va qulay topa oladigan yagona majmuaga aylantirishni ko‘zlagan.

Shunday ekan, Ark Buloq yirik savdo markazi hududidan joy xarid qilmoqchi bo‘lgan yuzlab o‘z ishining ustasi bo‘lgan professional va bilimdon tadbirkorlar safiga siz ham qo‘shiling va savdo markazidan joy xarid qilishga ulgurib qoling!

Tel: +998956068888

Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin posti, Eski Ark Buloq bojxona ombori

Sayt: arkbuloq.uz

Pochta: arkbuloquz@gmail.com

Telegram: t.me/arkbuloqsavdomarkazi

Facebook: fb.com/arkbuloq

Instagram: @arkbuloq

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: