Indoneziyada 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi

Jahon 14:50 / 16.10.2021 4958

Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Qidiruv-qutqaruv xizmati vakili Seni Vulandarining ma'lumot berishicha, mahalliy maktablardan birining 150 nafarga yaqin o‘quvchisi ishtirokida daryo bo‘yida tadbir o‘tkazilgan. Ehtiyotsizlik natijasida 21 nafar o‘quvchi daryoga tushib ketgan.

Keyinroq qutqaruvchilar 11 nafar bolaning jasadini topishgan. Qolgan bolalar qutqarib olingan, ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Vulandarining so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: