Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobod shahri qora metallurgiya markaziga aylantiriladi - Shavkat Mirziyoyev
Bekobod shahri qora metallurgiya markaziga aylantiriladi va “Metkombinat”ning quvvatlari kamida 2 barobarga oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi
“Chirchiq shahrida yiliga 7 ming dona traktor, kombayn va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari klasteri o‘z faoliyatini boshlaydi. Bekobod shahri qora metallurgiya markaziga aylantiriladi va “Metkombinat”ning quvvatlari kamida 2 barobarga oshiriladi. Jumladan, qiymati 770 million dollarlik quyuv-prokat majmuasini ishga tushirish hisobiga, ishlab́ chiqarish hajmi 2,3 million tonnaga yetkaziladi.
Shuningdek, Parkent tumanidagi mavjud 27 million tonna temir rudasini o‘zlashtirish boshlanadi. Bekobod shahrida sanoat zonasi tashkil etilib, qurilish, sanoat, uy-ro‘zg‘or uchun metall mahsulotlari ishlab chiqaradigan 100 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi.
Olmaliq kombinati va O‘zmetkombinat tomonidan kichik biznes bilan kooperatsiya asosida elektrodvigatellar, filtrlar, moylar va podshipniklar kabi mahsulotlar va xizmatlar uchun keyingi yilda 250 milliard so‘mlik, 2026 yilga borib esa, 1 trillion so‘mlik bozor yaratiladi. Sanoat korxonalari va aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olib, Chotqol va Pskom daryolarida jami quvvati 621 Mega-Vatt bo‘lgan 3 ta yangi gidro elektrstansiyasi quriladi. Bunga 1,2 milliard dollar investitsiya yo‘naltiriladi.
Qibrayda 450 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya hisobidan, jami quvvati 710 megavattga teng bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Natijada, viloyatda iste'molchilarga 21 milliard kilovatt soat yoki 2 barobar ko‘p elektr energiya yetkazib berish imkoniyati yaratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:58
-
JSST omboriga hujum qilgan Isroil, Ahmad ash-Shar’aga uyushtirilgan suiqasdlar va yana YuNeSKOdan chiqayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

12:37 / 15.07.2025
Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

16:44 / 09.07.2025