Rahmon Afg‘onistondagi inqiroz MDH mamlakatlari xavfsizligi uchun jiddiy tahdidligini aytdi

Jahon 17:18 / 15.10.2021 7475

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy inqiroz MDH mamlakatlari uchun jiddiy tahdid hisoblanadi, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon MDH davlatlari rahbarlarining onlayn-yig‘ilishida.

«Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy va gumanitar inqiroz mamlakatlarimiz xavfsizligiga nisbatan jiddiy tahdid paydo qildi», — dedi u.

Rahmonning ta'kidlashicha, BMT Xavfsizlik kengashining terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan «Tolibon» harakatining hukumat tepasiga kelishi Tojikistonga qo‘shni mazkur davlatdagi vaziyatni «yanada murakkablashtirdi».

U Tojikiston MDH mamlakatlari hududida faoliyati taqiqlangan terrorchi tashkilotlar yagona ro‘yxatini tuzishda hamdo‘stlik mamlakatlarining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilayotganini aytdi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti MDH mamlakatlarini biologik xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: