Maktabgacha ta'lim vazirligi: 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar noqonuniy o‘zlashtirilgan
Maktabgacha ta'lim tizimida 6 oyda 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqda AOKAda Maktabgacha ta'lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, vazirlik ichki audit xizmati tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Davlat xaridi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmasdan amalga oshirilgan xaridlar — 10,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd so‘m kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi — 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Tizimda 5,5 mlrd so‘mlik mablag‘ va tovarlarning talon-toroj bo‘lishi oldi olingan. 9 oyda to‘plangan jami 265ta hujjat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid

14:59 / 06.01.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtiryapti

21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

07:43 / 02.07.2024