AQSh 8 noyabrda 30dan ortiq mamlakatning emlangan fuqarolari uchun chegaralarini ochadi

Jahon 19:02 / 15.10.2021 3148

AQSh ma'muriyati 8 noyabrda 30dan ortiq mamlakatning koronavirusga qarshi emlangan fuqarolari uchun chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uy vakili ma'lum qildi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar AQShning havo va quruqlikdagi chegaralarida birdek bekor qilinadi. 

AQShda 2020 yil martda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida bu mamlakatga muhim bo‘lmagan tashriflarga nisbatan taqiq joriy etilgandi.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 45,6 milliondan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan, 741,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: