Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizil kitobga kiritilgan 280 mln so‘mlik lochinlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan lochinlarni tabiatdan ajratib olib, pullashga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Ma'lum qilinishicha, tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi «Kamaz» yuk avtotransport vositasi «Sirdaryo» chegara bojxona postida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvda salondagi sport sumkasiga 8 bosh lochin yashirilgani aniqlangan.
«Qushlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingan, jonzotlar sumkaga ularning hayoti uchun xavfli tarzda zichlab joylashtirilgan. Shu kuni tezkor tadbir Sirdaryo tumanida ham davom ettirilib, ushbu qushlarni sotib olayotgan shaxs ham qo‘lga olindi.
Mazkur holatda ushlab qolingan 8 bosh lochin O‘zbekistonning 2019 yilda chop etilgan Qizil kitobiga kiritilgan va tabiatan kamyob hisoblanadi hamda ularni ovlash taqiqlangan. Lochinlarning 6tasi Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisoblanadi», – deyiladi qo‘mita taqdim qilgan ma'lumotda.
Shuningdek, surishtiruvlar davomida qonunbuzarlar ushbu qushlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgani ma'lum bo‘lgan. Hozirda lochinlar Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirildi va mutaxassislarning doimiy nazorati ostida parvarishlanmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida issiq kuchayadi
O‘zbekiston | 15:38
-
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi
Jahon | 15:30
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:04 / 10.04.2022
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

20:37 / 18.11.2021