Toshkent shahrida bojxonachilar qalbaki valutalar savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qalbaki pul, qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va ular bilan muomala qilishning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Natijada Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 3 nafar shaxs oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki 6 ming 900 dollarni noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.