O‘zbekiston aholisining 11,5 foizi pensiya va nafaqa oladi

O‘zbekiston 11:50 / 14.10.2021 4552

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 3 mln 983 ming nafarni (shundan, 2 mln 260,2 ming nafari (56,8 foizi) ayollar) yoki umumiy aholi sonidagi ulushi 11,5 foizni tashkil qilmoqda. 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan o‘tgan 9 oy davomida pensiya va nafaqa oluvchilar soni 157,8 ming nafar (4,1 foiz)ga ko‘paygan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma'lumot bermoqda.

Shundan, 2 mln 955,2 ming nafari (74,2 foiz)ni yoshga doir pensiya oluvchilar, 396,5 ming nafari (10 foiz)ni nogironlik pensiyasi oluvchilar, 196,4 mingini boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oilalar va 434,9 ming nafari (10,9 foiz)ni nafaqa oluvchilar tashkil qiladi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 2020 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 54,7 ming nafar yoki 22,9 foiz fuqaroga ko‘proq pensiya va nafaqa tayinlangan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 1 sentabr kunidan boshlab, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 289 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiyalar – 565 000 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 622 000 so‘m, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa 440 000 so‘m etib belgilangandi.

Ko‘proq yangiliklar: