Ozarboyjon Turkiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Jahon 20:46 / 14.10.2021 4907

Ozarboyjon va Turkiya Shoh-Dengiz-1 konidan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Reuters Ozarboyjon energetika vaziri Parviz Shahbozovga asoslanib.

Shartnomaga ko‘ra, Ozarboyjon Turkiyaga 2022 yilda 2,5 mlrd va 2023 yilda 3,5 mlrd kub metr gaz yetkazib beradi.

Shahbozovning ma'lum qilishicha, 2022 yilda Ozarboyjonda 43 mlrd kub metr gaz qazib olinadi.

Aprelda Shoh-Dengiz-1 konidan Boku—Tbilisi—Erzerum quvuri orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha 20 yillik shartnoma nihoyasiga yetgandi.

Oktyabr boshlarida Yevropada gaz narxi rekord darajada oshgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: