«Konstitutsiyaga mamlakat suverenitetiga ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarda qatnashishni taqiqlovchi norma kiritamiz» - Alisher Qodirov

O‘zbekiston 20:47 / 13.10.2021 4199
  • «O‘zbekiston konstitutsiyasiga mamlakat suverenitetiga ta'sir ko‘rsatadigan va milliy qadriyatlarni kamsitadigan loyihalarda ishtirok etishni taqiqlovchi norma kiritish tashabbus qilinadi.
  • Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish tezlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki qadriyatlariga mos bo‘lmagan har qanday iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorliklarga yo‘l bermaydigan norma aks ettiriladi.
  • Markaziy Osiyo keng qamrovli integratsion hamkorlik maydoniga aylantiriladi. O‘zbekiston tashqi siyosatida eng muhim ustuvor yo‘nalish sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Afg‘oniston bilan ham yaqin iqtisodiy va siyosiy munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi.

«Xorijdagi o‘zbeklar muloqot klubi» tashkil etilib, dunyoning turli hududlarida istiqomat qilayotgan o‘zbeklar bilan muloqot maydoni yaratiladi. Xorijdagi o‘zbeklarni qo‘llab-quvvatlash fondi, Milliy o‘zbek qadriyatlarini targ‘ib qilish jamg‘armalari tashkil etiladi», – deyiladi nomzod dasturining beshinchi – tashqi siyosat bobida.

Alisher Qodirov o‘z dasturida, shuningdek, saylovchilar unga ovoz bergan taqdirda, bu ishonchni bor kuchi bilan harakat qilishga ham va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: